Berlin Ikkinçi jahon uruşi davrida natsistlar Germaniyasi tomonidan yetkazilgan talofat uçun tovon tölaş böyiça Varşava talablarini rad etişga huquqiy asosga ega emas. Polşaning hukmron “Qonun va adolat” partiyasi yetakçisi Yaroslav Kaçinskiy Sieci Prawdy  haftalik naşriga bergan intervyusida şu haqda söz yuritgan. 

"Germaniya bizga rad etişi uçun heç qanday huquqiy asos yöq. Barça bosqiçlarni taqsimlagan holda harakat qiliş kerak. Hozirda parlament bosqiçi bölmoqda. Ya'ni Polşa davlatining rasmiy qadamlari taşlangani yöq", - degan siyosatçi. 

Uning fikriça, GFRdan tovon puli oliş masalasi xalqaro mavzuga aylanişi lozim. "Barçasini yaxşilab tayyorlab, uni xalqaro muammoga aylantiriş, söngra aniq qadamlarga ötiş kerak", - degan Kaçinskiy. "Biz Ikkinçi jahon uruşining barça yovuzliklari va jinoyatlari Xolokost bilan yakunlanişini xohlamaymiz", - deb qöşimça qilgan Kaçinskiy. U bunday yondaşuvni irqiy kamsitiş deya hisoblab keladi. 

"Öğirlangan san'at asarlari, qimmatbaho buyumlar, polyaklarning oddiy mulklari ortilgan poyezdlar haqida söz yuritiş kerak", - degan u. Siyosatçining sözlariga köra, "bosib oluvçilarning jazosiz qoliş hissi ommaviy jinoyatlarga sabab bölgan. Rasmiy ruxsat berilgan jinoyatlar haqida gapirmasa ham böladi". "Ular öğirlaşdi, ömarişdi, öldirişdi, - deb ta'kidlagan siyosatçi. – Bularning bari qayd etilişi kerak va tovon olinişi lozim".

Polşa Seymi (parlament quyyi palatasi) hisob-kitoblariga köra, Germaniyaning Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Polşaga yetkazgan talofati öşa vaqtdagi 258 mlrd zlotiyni taşkil etadi. Bu Amerika dollarida 1939 yil avgustidagi kurs böyiça 48,8 mlrd deganidir.