Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu Iroq Kurdistonining Iroqdan mustaqil bölişi referendumi mavzusiga izoh berib, agar Iroqda etnik turkmanlar biror muammoga duç kelsalar, unda Anqara zudlik bilan mintaqada harbiy operatsiya boşlaşini aytdi.
Vazir qöşni Suriyadagi vaziyatga ham e'tibor qaratgan. Uning aytişiça, oxirgi kunlarda Rossiya harbiy-koinot kuçlari Suriyaning Idlib viloyatini faol ravişda bombardimon qilmoqda. Bu viloyatda terrorçilik taşkilotlari harakat qilmoqda va ular bilan şubhasiz kuraşni davom ettiriş lozim. Biroq bu aviazarbalar oqibatida tinç aholi, örtamiyona muxolifat jangçilari ham halok bölmoqda, deb aytdi Çovuşöğlu.
Uning ta'kidlaşiça, bu masalada e'tiborliroq böliş lozim. "Gap tinç aholiga hujumlar haqida ketayotgan bölsa, unda bu öt oçişni töxtatiş va Ostonada erişilgan kelişuvlar buzilayotganini anglatadi", deb qöşimça qilgan turk vaziri.









