Bağdod hukumati Iroq Kurdistoni bilan mintaqaning mustaqillik böyiça referendum natijasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Iroq boş vaziri Haydar al Abadiy referendumning ilk natijalari ma'lum bölganidan sönggi telemurojaatida bayonot berdi.
“Biz referendum natijasini muhokama qilişga yoki u böyiça bahs yuritişga tayyor emasmiz. Çunki u konstitutsiyaga ziddir”, - degan boş vazir. Iroqning Al Arabiya telekanali hukumat rahbarining bayonotini namoyiş etgan.
Boş vazirning ta'kidlaşiça, Bağdod Iroqning barça fuqarolarini, xususan, mamlakat şimoli va şimoli-şarqida istiqomat qiluvçilarni zöravonliklardan muhofaza qila oladi. Uning qayd etişiça, ovoz beriş çoğida “qalbakilaştirişlar, soxtalaştirişlar va fuqarolarga tayziq ötkazişlar” kuzatilgan.
25 sentabr kuni bölib ötgan referendumning sönggi natijasi 3 kun içida ma'lum böladi.












