2017 yilning 26 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida mamlakatda amaliy taşrifini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligining Taşqi işlar va Hamdöstlik işlari böyiça vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muzokaralar çoğida Özbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi holati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlariga alohida e'tibor bergan holda körib çiqildi.

Britaniya tomoni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqining asosiy qismlari bilan taniştirildi.

Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar mamlakatlarimiz örtasidagi barça özaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar oçib berayotganligi ta'kidlandi.

Uçraşuvda Özbekiston hukumat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga bölajak taşrifining amaliy jihatlari körib çiqildi.

Suhbat çoğida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almaşildi.