Markaziy bank rasmiy saytida «Mamlakat hududida suğurta va qayta suğurta şartnomalari böyiça çet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oşiriş töğrisida» bayonot berildi.
«Mamlakat hududida suğurta va qayta suğurta şartnomalari böyiça çet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oşiriş töğrisida kelib tuşayotgan murojaatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma'lum qiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli Farmoniga köra, Özbekiston Respublikasi hududida tovar (iş va xizmat)lar uçun tölovlarni çet el valyutasida amalga oşiriş taqiqlanadi, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro tölov kartalari orqali tölovlar bundan mustasno. Şu bilan birga, uşbu Farmon bilan tovar, iş va xizmatlar uçun narx va tariflar, şuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qöyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanişi qayd etilgan.
Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasi hududida suğurta va qayta suğurta şartnomalari böyiça hisob-kitoblar faqat Özbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oşirilişi lozim.
Öz navbatida, çet ellik suğurtaçilarning xizmatlari uçun tölovni amalga oşiriş, xizmatlar importiga doir amaliyot bölib, joriy xalqaro operatsiya hisoblanadi va u böyiça yuridik şaxslar tomonidan çet el valyuasini sotib oliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 iyuldagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan «Birjadan taşqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiliş va sotiş operatsiyalarini ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomga asosan amalga oşiriladi», deyilgan bayonotda.











