Andijon şahridagi Bobur maydonida Turkmaniston poytaxti Aşxobodda 17-27 sentabr kunlarida bölib ötgan usti yopiq inşootlardagi Osiyo Öyinlarida Özbekiston terma jamoasi safida iştirok etgan viloyat sportçilarini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Özbekistonlik sportçilar turnirda jami 131ta medallarga ega çiqqan bölsalar, şundan 3 ta oltin, 10 ta kumuş va 8 ta bronza medallari Andijon viloyati vakillari tomonidan qölga kiritildi. Viloyat atletlari sportning oğir atletika, belboğli kuraş, erkin kuraş, sambo hamda yunon-rum kuraşi turlarida sovrindor böldilar. Jumladan kuraşçilardan Ilhomjon Maşrapov 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 bronza, erkin kuraş turida Gulxumoroy Dadaboyeva esa 2ta kumuş va 1 ta bronza medallarini qölga kiritdi.




Marosimda sözga çiqqan viloyat hokimligi vakillari, fahriy sport murabbiylari, jamoatçilik vakillari sport musobaqalarida yutuqqa erişgan yigit va qizlarga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.




KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Muallif olgan suratlar.











