Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga uşbu mahkamaning 26 yilligi munosabati bilan qilgan murojaatida aytilişiça, boşqa huquqni muhofaza qiliş organlari bilan birgalikda korrupsiya hamda poraxörlikka qarşi olib borilayotgan kuraşni kuçaytiriş va bu salbiy hodisalarni töliq bartaraf etiş lozim.
«Siz hozirgi zamon tahdidlari va çaqiriqlariga qarşi turişingiz, xalqaro terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar kabi xavfli hodisalarni mamlakatga kirişiga yöl qöymasligingiz kerak», - deyiladi murojaatda.
Ilgari xabar berilganidek, bir qator vazirliklar va idoralarda ba'zi bir mansabdor şaxslarning rasmiy vakolatlarini suiiste'mol qilişi, poraxörlik hamda kontrabanda holatlari foş etildi.
Xususan, qişloq xöjaligi majmuasi va «Turkmankimyo» davlat konserni tuzilmalari faoliyatini tekşiriş işlari natijalari haqida hisobot berildi.
May oyi örtalarida Turkmanistonda poraxörlik va davlat mulkini talon-toroj qiliş bilan boğliq holatlar böyiça qator jinoyat işlari oçilgandi.
«Turkmangaz» davlat konsernining gaz-kimyo majmuasini quriş böyiça direksiyaning sobiq boşqarma rahbarlari, «Bayramali» ösimlik yoğini işlab çiqaruvçi oziq-ovqat sanoati davlat birlaşmasi korxonasi va «Turkmansement» davlat birlaşmasi Baxarlin sement zavodi jinoyat işlari böyiça tergov harakatlari hamda tadbirlari natijalari taqdim etildi.
Şuningdek, prokuratura xodimlariga nisbatan jinoyat işlari böyiça sud jarayoni yakunlari e'lon qilindi.












