Jyeffri Xoll, Maykl Rozbaş va Maykl Yang 2017 yilda sirkad ritmlarga mas'ul molekulyar mexanizmlar tadqiqotlari - 24 soatlik biologik soatlari uçun Tibbiyot va fiziologiya böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölişdi. Reuters şu haqida xabar berdi. 

Tsirkad ritmlar kun va tun almaşinuvi bilan boğliq turli biologik jarayonlar sikllaridan iborat. 1984 yilda Bostondagi Brandeys universitetida ta'lim olayotgan Xoll va Rozbaş, şuningdek Nyu-Yorkdagi Rokfeller universitetidan Yang meva çivinlari bilan işlab turib, biologik soatlarning yönalişini belgilab beruvçi period genini aniqlaşdi. U organizmda tuni böyi yiğilib, kunduzi parçalanadigan PER oqsilini kodlaydi. Şu tariqa, oqsil darajasi 24 soatlik sikl davomida yangilanib turadi. 

Olimlar PER oqsili period geni faolligini ingibitsiyalaydi deya taxmin qilişdi. Bu mexanizmda ikkinçi gen — TIM oqsilini kodlovçi timeless iştirok etadi. U PER bilan boğlanadi va hosil bölgan kompleks hujayra yadrosiga tuşadi hamda tegişli DNKni bloklaydi. PER degradatsiyasi uçun Maykl Yang tomonidan aniqlangan doubletime geni bilan kodlanuvçi DBT oqsili mas'ul.

An'anaga köra, 2017 yilning 10 dekabrida, Alfred Nobelning ölimi kunida Stokholmda rasmiy mukofotlaş marosimi bölib ötadi. Sovrindorlarga mukofotni Şvetsiya qiroli Karl XVI Gustav topşiradi. Bu yil pul mukofoti summasi bir million dollarga yaqinni taşkil qiladi (tibbiyot va fiziologiya böyiça mukofotning barça sovrindorlariga).