2008 yil 12 avgustda Jyenevada imzolangan Xalqaro poçta Konventsiyaga hamda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 18 aprelda 2219-son bilan röyxatga olingan «Poçta aloqasi xizmatlarini körsatiş» Qoidalariga asosan poçta jönatmalari orqali öq-dorilar va giyohvandlik vositalarini jönatilişi taqiqlangan. Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmay poçta jönatmalari orqali bu turdagi mahsulotlarni yuboriş holatlari ham közga taşlanmoqda.

Toşkent şahar bojxona boşqarmasi «Boş poçtamt» taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ana şunday bojxona qoidabuzarliklarini foş qilişdi. Bu haqda Kun.uz'ga Toşkent şahar bojxona bojxona boşqarmasi Axborot xizmati xabar bergan.

Xususan, Toşkentda istiqomat qiluvçi B.Diyorov (maqoladagi barça ism-şariflar özgartirilgan) nomiga Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan poçta jönatmasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda, bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, ov qurollari uçun möljallangan salkam 9 kg. oğirlikdagi 1250 dona böş gilza yuborilgani aniqlandi. Oradan 10 kun ötmay xuddi şu manzildan poçta jönatmasi orqali yana uşbu fuqaroga 9 kg.dan ortiq oğirlikdagi 1300 dona böş gilza yuborilgan.

Şuningdek, uşbu postda poçta jönatmasi orqali giyohvandlik vositalarini jönatiş holati ham foş qilindi. Niderlandiyadan Farğona şahrida istiqomat qiluvçi Q.Qayumov nomiga yuborilgan poçta jönatmasini közdan keçiriş davomida bojxonaçilar uşbu jönatmada 10 grammga yaqin marixuana va gaşiş narkotik moddalari yuborilgani aniqlandi. Amaldagi tartiblarga muvofiq Özbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kiriş taqiqlangan.

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning 8 oyi davomida Toşkent şahar bojxona boşqarmasining “Boşpoçtamt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan 130ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 1 mlrd. 361 mln söm bölgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib ötilişiga çek qöyildi.