IŞID terrorçilik taşkilotiga aloqador Amaq axborot agentligi ikki erkak iştirokidagi videoyozuvni namoyiş etdi. Ulardan biri jangarilarga asir tuşgan rus harbiysi ekanini ma'lum qilgan. Bu kişilar Dayr az-Zavr uçun janglarda asir olingan  rossiyalik harbiylar ekani aytildi.

Özini Roman Vasileviç Zabolotniy deb atagan şaxs 1979 yili Rostov viloyatini Aksay tumani Rassvet qişloğida tuğilib ösganini ma'lum qilgan. U yonidagi şerigi 1978 yili Moskva viloyatining Domodedovo tumanida tuğilgan Grigoriy Mixayloviç Surkanov ekani aytadi.

U IŞID jangarilari Şoulga hujum qilganida asir tuşganini tasdiqlagan.

Rossiya mudofaa vazirligi esa bu ikki kişi rossiyalik harbiylar emasligini ma'lum qildi.

«Dayr az-Zavrda ham, Suriyaning boşqa hududlarida ham Rossiya Federatsiyasi harbiylari asir tuşişi böyiça holat qayd etilmagan. RF Qurolli kuçlarining Suriya arab respublikasidagi barça harbiy xizmatçilari tirik, soğ va öz vazifasini bajarişda davom etmoqda», deyilgan bayonotda.

28 sentabr kuni Amaq bir rossiyalik harbiy öldirilgani haqida ma'lum qilgan, bu ma'lumot ham Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan inkor etilgandi.

Rossiya Suriyada rasman 38 nafar harbiy yöqotgani haqida ma'lum qilgan. Oxirgi yöqotiş general-leytenant Valeriy Asapov bölgandi, u 24 sentabr kuni Dayr az-Zavrda jangarilarning minomyot zarbasi oqibatida halok bölgan.