Rudakiy tumanida 58 dehqon xöjaligi yöqoldi. Bu haqida 3 oktabr kuni mazkur tumanni közdan keçirgan Tojikiston prezidentining sözlariga asoslanib, News.tj xabar berdi. 

Emomali Rahmonning sözlariga köra, sönggi 20 yil davomida tumanda 2,5 ming gektardan ortiq yer sotilgan. 

Ötgan yilning özidayoq prokuratura organlari tomonidan yer oldi-sotdisi böyiça 45 million somonilik 960 holat aniqlangan.

Şuningdek prezident 2015 yilda tumanda 32 gektar, 2016 yilda 3 gektar va joriy yilda 2,5 gektar yer sotilganini ta'kidladi. 

Rudakiy tumanida yer oldi-sotdisi bedavo kasallikka aylandi, sönggi uç yilda yerlarning sotilib ketişi tufayli 58 dehqon xöjaligi ğoyib böldi, deydi Emomali Rahmon.

Şuningdek davlat rahbari Rudakiy tumanidagi jinoyatçilikning ösişidan taşvişda ekanini bayon qildi. Uning sözlariga köra, joriy yilning sakkiz oyida ötgan yilning xuddi şu vaqtiga nisbatan 17 foizga köp jinoyatçilik sodir etilgan. Oxirgi tört yilda tumandagi qator terrorçi taşkilotlar safida iştirok etgan 168 kişiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.