Statistika ma'lumotlariga 400 mingga yaqin özbekistonlik muhojir Rossiyadan deportatsiya qilinib, Rossiyaga kira olmaydiganlar "qora röyxati"ga tuşganlar.
Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boşliği örinbosari vazifasini bajaruvçi Xöjabahlil Asomov ma'lum qilgan.
"Agentlik hozirda rossiyalik hamkorlar bilan mehnat muhojirlarini bu qora röyxatdan öçiriş va ularning Rossiyaga kirişlarining taqiqlanişi muddatini qisqartiriş ustida işlamoqda", deb ta'kidlab ötdi Asomov.
Uning fikriça, mehnat muhojirlari deportatsiyasi huquqiy savodsizlik, ya'nikim u yoki bu davlat qonunlarini bilmaslik sababli yuz beradi.
Asomov şu ma'noda, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga apreldagi taşrifi vaqtida Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston fuqarolarini töplaş va jalb qiliş haqidagi kelişuv imzolanganini eslatib ötdi.
Asomov yoşlar press-klubi iştirokçilari e'tiborini agentlik tomondan uşbu kelişuv negizida bajarilayotgan katta kölamli tadbirlarga qaratdi. Jumladan, yirik rossiyalik iş beruvçilar bilan hamkorlik qiliş, moslaşuv markazlari, işçilarni çiqişoldi tayyorgarligi va ularni öqitiş markazlarining oçilişi haqida sözlagan.
Asomovning ma'lum qilişiça, ayni kunda Rossiyada 1,5 mln ga yaqin özbekistonlik mehnat muhojiri bölib, ulardan 60 foizi 30 yoşdan kiçik yoşlarni taşkil qiladi.












