Turkiya Suriyaning Afrin şahrida suriyalik kurdlar mudofaa kuçlariga (YPG) qarşi harbiy operatsiya boşlaşga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
Anqara YPĞni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan boğlangan terrorçilik taşkiloti deb hisoblab keladi. Oxirgi haftalarda OAVda turk harbiy texnikasi va qöşinlarining Turkiyaning Afrin bilan çegaradoş bölgan Xatay viloyatiga tortilayotgani ma'lum qilingan.
"Biz zarurat bölganda vaziyatga aralaşa olamiz, transçegaraviy operatsiya uçun barça tayyorgarlik yakunlangan", deb aytgan Kalin TRT telekanali efirida.
Uning aytişiça, Turkiya operatsiyani uning milliy xavfsizligi taşqi kuçlar xavfi ostida qolgan deb topganda ötkazadi.









