Turkmanistonda payşanba, 5 oktabr kungi hukumatning kengaytirilgan majlisida mamlakat iqtisodiy jinoyatlar bilan kuraş Davlat xizmati rahbari Mammetxon Çaqiyev korrupsiyada ayblangan qator amaldorlar hibsga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” naşri mamlakat davlat televideniyesiga tayangan holda xabar berdi.
Sanoat vazirligining “Türkmen Demir Önümleri” davlat korxonasi rahbari Mardon Boboyev öz qölida işlaganlardan, xususan, 2012 yilning avgustidan 2017 yilning avgustiga qadar davlat korxonalarini davlat narxi böyiça sotib olib, tijoriy tuzulmalar orqali oşirilgan narxlarda sotib, noqonuniy daromad olib kelgan Davron Allaquliyevdan pora olgan. Tergov natijalariga köra, Boboyev va Allaquliyev jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularga tegişli avtoulovlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Tekşiruvlar Töqimaçilik sanoati vazirligining qator korxonalarida ham ötkazildi. Xususan, Axol viloyati birlaşma raisi örinbosari Allanazar Yozberdiyev davlatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi.
Toşhovuz şahar hokimligi huzuridagi “Toşhovuzxizmat” korxonasi rahbari Karimboy Matnazarov öz lavozimidan foydalangan holda töqimaçilik sanoatiga tegişli tayyor mahsulotlarni yetkazib beriş uçun şartnomalarni imzolagan hamda firibgarlik yöli orqali davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan, deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda davlatga yetkazilgan zararni qoplaş böyiça işlar olib borilmoqda.
Tekşiruvlar, şuningdek, Temir yöl vazirligida ham amalga oşirilmoqda. Temir yölining Aşxobod bölimi stansiyasi rahbari Taçmurat Qurbonmamedov stansiya hisobiga kelib tuşgan xizmatlar uçun tölovlar böyiça daromadlarni kamaytirib körsatgan. Natijada, davlat juda katta zarar kördi. Qurbonmamedov jinoiy javobgarlikka tortildi.

Tekşiruv Madaniyat vazirligida ham bölib ötdi. Meri viloyati Murğob tumani madaniyat bölimi rahbari Şoturdi Mömayev, bölim xodimlari Şomuhammad Nurmuhammedov va Qoçmurod Rajabov hisobotlarda ma'lumotlarni soxtalaştirişgan hamda davlatga katta zarar yetkazişgan. Ularga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. Tergov davom etmoqda, deyiladi matnda.












