Brendlar bilan işlaş böyiça maşhur mutaxassis Marsel Nobil Argentina, Portugaliya va Uels terma jamoalarining jahon çempionatidan qolib ketişi qanday oqibatlarga olib kelişi haqida gapirdi.
Uning fikriga köra, bunda FIFA katta foydadan quruq qoladi.
"Futbolda ham kinosanoat qoidalari işlaydi. Ma'lumki, kinofilmga yaxşi daromad oliş maqsadida, maşhur kinoaktyorlar jalb qilinadi.
Şu tufayli, FIFA taşkilotining xavotirga tuşişi örinli. Tadbirga qiziqişni orttiriş uçun yulduzlarni jalb qiliş kerakligini inkor qilib bölmaydi.
Katta nomlarning yöqligi esa brend uçun katta yöqotişlarni yuzaga keltiradi. FIFA yuz millionlab yevrodan ajralişi mumkin", - dedi Nobil Mirror naşriga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, ayni paytda Argentina, Portugaliya va Uels terma jamoalari JÇ-2018 yöllanmasini qölga kiritiş vazifasini bajarmagan.











