Braziliyaning Juis-di-Fora şahrida aralaş yakkakuraş muxlisi Luis Felipe Alvim Juiz de Fora Fight 18 musobaqasi janglarini tomoşa qilgani kelib, çempion unvonini qölga kirita oldi. 

Musobaqaning boş jangi örta vazn toifasida Karlos Eduardo Rufino va Klaudiney Anjyelo örtasida çempionlik unvoni uçun keçişi kerak edi. Biroq Rufino vazn ölçaşdan öta olmagan va jang bölişi xavf ostida qolgan. Şu vaqtda Alvim tribuna orti xonasiga özining eski tanişi – murabbiyi bilan körişiş uçun tuşgan. Yuzaga kelgan vaziyatdan çiqiş uçun murabbiy sobiq şogirdiga ringga tuşmagan iştirokçi örnini egallaşni taklif qilgan.

Ta'kidlanişiça, Alvim jiu-jitsu böyiça bir neça musobaqalar va tay boks böyiça janglarda iştirok etgan, biroq uning hisobida MMA qoidalari böyiça birorta jang bölmagan.

Natijada Alvim raqibiga böğuvçi uslubni qöllab, jangni 1-raunddayoq öz foydasiga hal qilgan. Jangni 1500 tomoşabin kuzatib borgan va yangi çempion ğalabasidan söng sevgan yoriga turmuşga çiqiş taklifini bildirgan.