2017 yil 9 oktabr kuni Özbekiston poytaxti Toşkent şahri yana bir yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi. Muhtaşam “Özbekiston” universal sport saroyida paralimpiya dzyudosi böyiça Jahon kubogi musobaqasi taşkil etildi. U davlat rahbarining 2017 yil 9 martdagi 2821-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş doirasida ötkazildi. 

Mazkur musobaqada dunyoning 24 mamlakatidan kelgan imkoniyati çeklangan 300 dan ortiq sportçilar özaro kuç sinaşişdi. 

Musobaqada erkak dzyudoçilar -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg vazn toifalarida tatamiga çiqişdi. 

Ayollar örtasidagi bahslarda -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg vazn toifalaridagi sportçilar musobaqaning oltin medali uçun kuraş olib borişdi. 

Qayd etiş lozimki, özbekistonlik paralimpiya dzyudoçilari musobaqani işonç bilan ötkazişdi va bu yakuniy natijada ham öz aksini topdi. 

Sportçilar umumjamoa hisobida 4 ta oltin, 3 ta kumuş va 4 ta bronza medalini qölga kiritib, birinçi örinni egallaşdi. Özbekiston paralimpiya dzyudo terma jamoasida Şerzod Namozov, Feruz Soipov, Parvina Samandarova hamda Şuhrat Boboyev oltin medalni qölga kiritib, Özbekiston bayroğini baland kötarişdi. Sevinç Salayeva, Nurbek Mirzayev va Vasila Aliboyeva ikkinçi örinni egallaşgan bölsa, Gulruh Rahimova, Feruzaxon Yusupova, Şarif Xalilov, Şirin Şaripov musobaqaning bronza medallarini qölga kiritişdi va umumjamoa natijasiga munosib hissa qöşişdi. 

Terma jamoalar örtasidagi ikkinçi eng yaxşi natijani ham Osiyo qit'asi vakili körsatdi. Janubiy Koreya sportçilari 4 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalni qölga kiritişdi. Ukraina 2-0-1 natija bilan jamoalar örtasida uçinçi örinni egalladi.