Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 11 oktabrda çop etgan tadqiqotida ma'lum qilinişiça, semizlikdan aziyat çekuvçi bolalar va ösmirlar soni 40 yil içida 11 marotaba köpayib, 2016 yilda 124 mln kişiga yetdi.

Tadqiqot London imperiya kolleji mutaxassislari bilan ötkazildi va 40 yil içidagi eng katta kölamlisi böldi. Olingan ma'lumotlarga köra, butun dunyo böylab semizlikdan aziyat çekuvçi bolalar va ösmirlar soni 1975 yilgi 11 mln dan 2016 yilda 124 mln gaça yetgan. Kattalar böyiça statistika ham havas qilza arzigudek emas: semizliqdan aziyat çekuvçi kattalar soni 1975 yilgi 100 mln dan 2016 yilda 671 mln ga yetdi. Yana 1,3 mlrd kişi ortiqça vazndan aziyat çekadi, biroq hali semizlik çegarasidan ötmagan.

Tadqiqot muallifi Majid Izzatiyning aytişiça, semiz odamlar soni aholi jon boşiga daromad past va örta bölgan davlatlarda köpaymoqda.  

"Bu xavotirli tendensiyalar noçor oilalarga soğlom oziq-ovqat juda qimmatlik qiladigan oziq-ovqat marketingi va davlatlarning oziq-ovqat borasidagi siyosati odamlarga qanday ta'sir qilişini körsatadi. Uşbu holat semizlikdan aziyat çekuvçi va qand kasalligi kabi kasalliklarga duç  kelişi mumkin bölgan bolalar va ösmirlarning butun bir avlodi vujudga kelişini nazarda tutadi", deb aytdi Izzatiy. 

JSST mutaxassisi Leanni Raylining fikriça, semizlikka qarşi kuraşişning variantlaridan biri çekişga qarşi kuraş dasturlariga öxşaş siyosat yuritiş bölişi mumkin. Jumladan, aholiga oziq-ovqatlar xususiyatlari va ularning vazn töplaşga ta'sir qilişi haqida ma'lumot beriş, soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va arzon, yuqori kaloriyali, köplab işlovlarga uçragan oziq-ovqatni iste'mol qilişni kamaytiriş tarğiboti bunda kömak beradi. Şuningdek, kökrak suti bilan ovqatlantirişda zarur bölgan töğri ovqatlaniş prinsiplarini tuşuntirişga katta e'tibor qaratiş lozim, çunki kökrak bilan emiziş va bolalardagi semizlik örtasida kuçli boğliqlik borligi isbotlangan.