Yangi tadqiqot doirasida amerikalik olimlar jamoasi smartfon işlatiş yoşi va erta ösmirlik davridagi depressiya, semizlik, uyqusizlik örtasidagi boğliqlikni örgandi. Jami 21 ta ilmiy işdan 10 588 nafar iştirokçining ma’lumotlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Pediatrics jurnalida çop etildi.
Ma’lum bölişiça, smartfonlardan foydalangan 12 yoşli ösmirlarda depressiya rivojlaniş xavfi uşbu gadjetni işlatmagan tengdoşlariga qaraganda 30 foizga, semiriş ehtimoli 40 foizga va yetarliça uxlamaslik 60 foizga yuqori bölgan.
Olimlar bu muammolarga aynan smartfon sabab bölganini isbotlay olmadi. Biroq, avvalgi tadqiqotlar şuni körsatdiki, smartfon bilan haddan taşqari köp vaqt ötkazadigan ösmirlarda boşqalar bilan şaxsiy aloqalar, jismoniy faollik va uyqu kamroq kuzatiladi. Bularning barçasi ularning soğliğiga salbiy ta’sir qilişi mumkin.
Olimlar smartfondan foydalaniş «muammoli» deb hisoblanmagan paytda ham ösmirlarning soğliğiga ta’sir qilganini payqadi. Bolada smartfon qançalik erta paydo bölsa, 12 yoşga borib, semizlik va uyqusizlikni aniqlaş ehtimoli şunçalik yuqori böladi.
Tadqiqotçilarda ösmirlar öz smartfonida nima qilgani haqida ma’lumotlar yöq edi. Mualliflarning ta’kidlaşiça, yoşlarga smartfondan foydalanişni taqiqlaş kerak emas, biroq gadjetlarga egalik qiliş maxsus nazoratni talab qiladi. Olimlarning fikriga köra, egalik qilişning optimal yoşi, telefon turi va foydalaniş qoidalari böyiça tavsiyalar işlab çiqişga yordam beradigan qöşimça tadqiqotlar ötkaziş kerak.












