12 oktabr kuni Angren erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron sektorida dastlabki loyiha qiymati 10,7 million AQŞ dollarini taşkil etadigan Ohangaron metall konstruksiya zavodiga tamal toşi qöyiş marosimi ötkazildi. Unda Turkiyaning DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A. Ş. kompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Jyevdet Dal, Angren EIZ rahbariyati  va Ohangaron tumani hokimligi vakillari iştirok etişdi. Tölaligiça turk sarmoyasi hisobidan barpo etiladigan mazkur zavod 2018 yil may oyida qurib bitirilişi rejalaştirilmoqda.

DAL Heavy Industries MÇJ XK boş direktori Jobir Şukrullayevning Kun.uz’ga xabar qilişiça, loyihaning dastlabki bosqiçida yiliga 12 ming tonna, ikkinçi va uçinçi bosqiçlarida esa 24 ming va 30 ming tonna metall konstruksiya işlab çiqarilişi közda tutilgan. Loyiha töliq işga tuşirilganda 400 nafar işçi doimiy iş örni bilan ta'minlanişi rejalaştirilgan. Zavodda işlab çiqarilgan mahsulotlar içki bozorni yuqori sifatli zamonaviy tovar bilan ta'minlaşdan taşqari Qozoğiston, Turkmaniston va Qirğiziston kabi qöşni davlatlarga eksport qilinişi möljallanmoqda.

Şuningdek, DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A. Ş. 2012 yildan  2016 yilgaça Jizzax viloyatida umumiy qiymati 133,4 million AQŞ dollariga teng Jizzax sement zavodini barpo etiş va kengaytirişi ustida iş olib bordi. Ayni paytda kompaniya Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida umumiy qiymati 203,1 million AQŞ dollariga teng Şerobod sement zavodini quriş işlarini davom ettirmoqda.

Bundan taşqari, 2018 yil söngiga qadar kompaniya tomonidan Jizzax viloyatida 12,6 million AQŞ dollariga teng 4ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.