DW xabariga köra, 23-oktabr kuni Oryol viloyati gubernatori Andrey Kliçkov hududga raketa zarbasi berilganini maʼlum qilgan. Uning aytişiça, sakkiz kişi yaralangan, aksariyati yengil jarohat olgan. Gubernator Ukraina qurolli kuçlarini «fuqarolik obyekti»ga hujum qilişda ayblagan.
Keyinroq Kliçkov zarba Oryolning Sovet tumanidagi zavodga tekkanini bildirgan. U korxonada kuçli yonğin çiqqanini, keyinçalik öçirilganini aytgan. Maxsus xizmatlar vayronalarni tozalaşga tayyorgarlik körayotgani ham maʼlum qilingan.
Gubernatorga köra, yaqin atrofdagi bir neçta köp qavatli uyning derazalari va bir neça avtomobil ham zararlangan.
Ukrainaning Exile+ va Supernova+ monitoring Telegram-kanallari hujum nişoni «Proton» zavodi bölganini xabar qilgan. Ularga köra, korxona Rossiya harbiy sanoati uçun optoelektronika işlab çiqaradi. Uning mahsulotlari, jumladan, S-71 «Kovyor» aviatsiya qanotli raketalari, 9M723 «Iskander-M» ballistik raketalari va «Pansir-S1» zenit raketa-töp majmualarida qöllanadi.
Exile+ bahosiga köra, zarba oqibatida zavodning kamida bitta işlab çiqariş sexi vayron bölgan. Kanal binoning yuqori qavatlari, tomi va fasad konstruksiyalari qulab tuşganini, bu esa sexdagi texnologik liniyalar işini davom ettirişga imkon bermasligini bildirgan.
Qurbonlar haqida esa turliça xabarlar tarqalgan. Supernova+ 13 kişi, jumladan, 11 ayol halok bölganini hamda 30 dan ziyod kişi bedarak yöqolganini daʼvo qilgan. Rossiyalik bloger Anastasiya Kaşevarova ham halok bölganlar borligini yozgan, ammo ularning sonini keltirmagan. Bu maʼlumotlarning mustaqil tasdiği xabarda keltirilmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi şu kuni mamlakatning yetti hududi va qöşib olingan Qrim ustida Ukrainaning 87 ta uçuvçisiz uçiş apparati yöq qilinganini bildirgan. Vazirlik röyxatida Oryol viloyati ham bor, ammo bu bayonot zavodga berilgan raketa zarbasi tafsilotlarini oçiqlamaydi.

















