Kanalning oçiq manbalarga asoslangan tahliliga köra, şaharga reaktiv dronlar bilan hujum qilingan. Kombinat atrofidagi yonğinning kelib çiqişiga mahalliy havo hujumidan mudofaa tizimi işlaşi ham sabab bölgani aytilmoqda.

Exilenova+ guvohlar olgan foto va videolarni eʼlon qilgan. Kanal ularda «Pansir» majmuasining zenit qurollari nişonlarga qarata öt oçgani aks etganini bildirgan. Biroq bu talqin va hujum oqibatlari haqida mustaqil tasdiq keltirilmagan.

Şuningdek, kanal Lipetskdagi harbiy aerodrom hududida zarbalar va yonğin haqida dastlabki maʼlumot borligini qayd etgan. Zarar kölami oçiqlanmagan.

Tula viloyatidagi «Azot» zavodi haqida ham xabar berilgan

Keyinroq Exilenova+ mahalliy aholiga tayanib, Tula viloyatining Novomoskovsk şahridagi «Azot» kimyo zavodiga hujum qilingani va yonğin çiqqanini maʼlum qilgan. Hodisa tafsilotlari keltirilmagan.

Ukraina Taşqi razvedka xizmati maʼlumotiga köra, uşbu korxona Nijniy Novgorod viloyatining Dzerjinsk şahridagi portlovçi moddalar işlab çiqaruvçi Sverdlov nomidagi zavodga azot kislotasi yetkazib beradi.

DW xabari eʼlon qilingan paytda Ukraina Boş ştabi, mamlakat Mudofaa vazirligi va Rossiya rasmiylari bu hujumlarga izoh bermagan.

Bir neça kun avval «Energiya» zavodiga ham zarba berilgan edi

25-oktabrda Lipetsk viloyatining Yelets şahridagi sanoat korxonasiga hujum qilingan. Viloyat gubernatori Igor Artamonov öşanda korxona nomi va zarar kölamini oçiqlamagan.

Astra naşrining oçiq manbalar tahliliga köra, nişon «Energiya» zavodi bölgan. Korxona dronlar, raketa majmualari va boşqa qurollar uçun elektr taʼminoti elementlarini işlab çiqaradi.

Exilenova+ zavodga bir neçta Storm Shadow raketasi bilan zarba berilgani, kamida ikkita korpusga raketa tekkani va işlab çiqariş binolaridan biri jiddiy vayron bölganini daʼvo qilgan.

26-oktabrda Ukraina Boş ştabi korxonaga zarba berilgani va zarar yetkazilganini tasdiqlagan, ammo qöllangan qurol turini maʼlum qilmagan.