BMTning din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid 12 oktabr Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça matbuot anjumani ötkazgani haqida xabar qilingan edi. U özining dastlabki xulosasi anjuman iştirokçilari e'tiboriga havola qildi.
Hisobotda qayd etilişiça, Özbekiston markaziy ma'muriy idorasi tomonidan röyxatga olingan diniy guruhlarga diniy xodimlarini öqitiş va diniy darslar ötişiga ruxsat beriladi. Madrasa deb ataladigan 9 ta maxsus islomiy ta'lim maktablari, şu jumladan bitta ayollar uçun, şuningdek, pravoslav va protestant seminariyalari rasman diniy işçilarni öqitib, örta ma'lumot berişlari mumkin. Vazirlar Mahkamasi madrasalar tomonidan berilgan diplomlarni boşqa diplomlarga teng deb e'tirof etadi hamda oliy ta'limni davom ettirişga ruxsat beradi. Bundan taşqari, Toşkent Islom instituti va Toşkent Islom universiteti oliy ta'lim beriş böyiça diniy dasturlarga ega. Yuqorida qayd etilganlardan boşqa Islomni örganişni xohlovçi fuqarolarning ta'lim olişini taşkil etadigan maktablar yöq.
Davlat 16 yoşgaça bölgan voyaga yetmagan bolalarni dinga amal qiliş yoki jamoa bölib ibodat qiliş joylariga borişini taqiqlaydi. Çunki bolalar özlarining majburiy ta'lim olişlarini tugatişi va keyinroq ongli ravişda dinga amal qilişni xohlayaptimi-yöqmi, degan masalada tanlaşi kerak, deb hisoblanadi. Şunday fikrlar ham aytildiki, din bu kattalar bajaradigan işdir. Bolalar özlari xohlasa, majburiy ta'limni tugatganlaridan keyin diniy maktablarga borişi mumkin.
Maxsus ma'ruzaçi Haj ziyoratini amalga oşiriş bilan boğliq jarayonlarni ham örganişga harakat qilganini qayd etgan. Rasmiylarning ta'kidlaşiça, Haj vaqtida Makkaga boradiganlar soni Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan kvota asosida aniqlanadi. Makkaga boruvçilarning aksariyati 40 yoşdan kattalardir. Ular Hajni keksa yoşdagi erkaklar va ayollar bajarişi kerak, degan tuşunça borligini, şuningdek, Haj ziyoratini amalga oşirişni xohlayotganlar röyxati yöqligini ma'lum qilişdi. Balki bu birgina mintaqa uçundir. Milliy hukumat Haj ziyoritiga borişni kutayotganlar röyxati 3 yillik navbatdan oşmasligini aytdi. 2017 yili Hajga boruvçilar soni 5000 dan 7500 kişigaça ortgan bölsa, 2018 yilda ham bu raqam ortişi kutilmoqda.












