Miyaning qisqa vaqtga faolligini oşiriş uçun bolalar imtihon oldidan çernika yeyişlari kerak ekan. Bunday fikrga Britaniyaning Reding universiteti olimlari kelişdi. Ular ötkazgan tadqiqot natijalari haqida The Telegraph naşri xabar bermoqda.
Olimlar kiçik yoşdagi bolalar guruhiga topşiriq berişdi: bolalar kompyuter erkanidagi strelkalarni kuzatib, ularning yönalişiga (çap, öng, yuqori, past) mos tugmani bosişlari kerak bölgan.
Topşiriq oldidan çernika şarbatli içimlik içgan bolalar topşiriqni boşqa bolalarga nisbatan 10 foizga aniqroq va tezroq bajarişgan.
Çernikaning foydali tomonlari, misol uçun, yalliğlanişga qarşi samarasi haqida avval ham ma'lum bölgan, biroq yangi tadqiqot bu rezavor ösimlik aqliy malakalarga ham ijobiy ta'sir qilişini isbotladi.












