Bilim va malakalarni baholaş agentligi milliy sertifikat imtihonlarida iştirok eta olmagan talabgorlarga oid yangi tartibni e’lon qildi.
Unga köra, çet tili va umumta’lim fanlari böyiça milliy sertifikat imtihonlariga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorlar tölagan mablağini qaytarib olişi yoki navbatdagi imtihonda qöşimça tölovsiz iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi.
Yangi tartib kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila a’zosining vafoti kabi uzrli sabablarga nisbatan qöllanadi. Bunda talabgor mazkur holatni tasdiqlovçi tegişli hujjatlarni taqdim etişi lozim.
Şu bilan birga, imtihonga uzrsiz kelmagan, belgilangan vaqtdan keçikkan yoki imtihon qoidalarini buzgani uçun auditoriyadan çetlaştirilgan talabgorlar uşbu imkoniyatdan foydalana olmaydi.
Mazkur yangilik milliy sertifikat imtihonlarida iştirokçilarning uzrli holatlarini inobatga oliş va ularning huquqlarini himoya qilişga qaratilgan.

















