Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi 2026 yilda 9- va 11-sinf bitiruvçilari uçun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari ötkaziladigan fanlar va sanalarni tasdiqladi.

9-sinf öquvçilari uçun majburiy fanlardan imtihonlar quyidagi tartibda ötkaziladi:

- ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 1 iyun kuni yozma şaklda;

- matematika — 4 iyun kuni yozma şaklda;

- Özbekiston tarixi — 8 iyun kuni yozma va oğzaki şaklda;

- jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 1–6 may kunlari amaliy şaklda bölib ötadi.

11-sinf öquvçilari uçun esa majburiy fanlardan imtihonlar quyidagiça belgilangan:

- ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 2 iyun kuni yozma şaklda;

- matematika (asosiy va çuqurlaştirilgan) — 5 iyun kuni yozma şaklda;

- Özbekiston tarixi — 9 iyun kuni yozma şaklda.

Bundan taşqari, 11-sinf bitiruvçilari uçun tanlov fanlari ham majburiy hisoblanadi. Ular orasida turli tillar va adabiyotlar, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari hamda çet tili fanlari mavjud bölib, uşbu imtihonlar 12- va 15 iyun kunlari yozma, ayrimlari yozma va oğzaki şaklda ötkaziladi.