Kataloniya hukumati rahbari Karles Puçdemon Ispaniya boş vaziriga yöllagan maktubida keyingi ikki oy içida vaziyatdan çiqiş böyiça muloqot boşlaşni taklif qildi, biroq Kataloniya ötkazilgan referendum yakunlari böyiça Ispaniyadan mustaqil bölganini e'lon qilgani yoki qilmaganiga aniqlik kiritmadi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.

Puçdemon ovoz beriş jarayonidan söng muxtoriyatning «millionlab aholisi» Ispaniyadan ajralib çiqiş istagida ekanini tan oldi, lekin mustaqillikni e'lon qilmadi.

U mustaqillik töğrisidagi deklaratsiyani şaxsan imzoladi, garçi Kataloniya qonunlari böyiça buni butun parlament qilişi kerak edi, hamda Madrid bilan muloqotni yölga qöyiş uçun tantanali e'lon qiliş marosimini keçiktiriş taklifi bilan çiqdi.

Ispaniya hukumati muzokaralar imkoniyatini rad etdi va Puçdemonga öz pozitsiyasini aniqlaş uçun beş kunlik muddat berdi. Bu muddat duşanba kuni tugaydi.

Qirollik boş vaziri Mariano Raxoy Kataloniya hukumati rahbarini agarda u mustaqillikni e'lon qiladigan bölsa, Madrid konstitutsiyaning töğridan-töğri boşqaruvni joriy etiş va muxtoriyatni töxtatişni nazarda tutgan 155-moddasidan foydalanişi bilan ogohlantirdi.

Puçdemonning Kataloniya parlamentidagi nutqidan söng, Raxoy uni atayin sarosima yaratişda aybladi va aniqlikni qayta tiklaş haqida va'da berdi.

Kataloniya hukumatiga köra, referendumda saylovçilarning 43 foizi, yoki 2,3 millon kişi qatnaşdi, ularning 90 foizdan ortiği mustaqillikni qöllab-quvvatladi. Madrid, şuningdek, Yevropa Ittifoqi bu referendumning noqonuniyligini e'lon qildi.