Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat prezidentligi saylovlaridan söng muxolifat partiyasi nomzodi Ömurbek Babanov haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.
— Birinçidan, saylov natijalarini bekor qilişga heç kim yöl qöyib bermaydi. Xalq kimni saylagan bölsa öşa prezident böladi. Modomiki, Babanov haqidagi fikrlarini söragan ekansiz, xafa bölmaysizlar, u qanday bölsa şunday javob beraman. Çunki men haqiqatni gapirişga odatlanganman.
Töğrisini aytaman, men Babanovni Qirğizistonning navbatdagi prezidenti böladi, deb öylagan edim. Uni men juda azaldan — 2005 yildan beri bilaman.
Keling, yaxşisi, munosabatlarimiz tarixidan hikoya qilib beray. Rafiqalarimiz xuddi ikki opa-singildek, doim qalin döst-dugona bölib kelişgan. Men 2007 yilda boş vazir bölganimda, u mening uyimdan çiqmasdi. Men boş vazirlik lavozimidan ketganimdan söng u 2010 yilgaça yöq bölib qoldi. 2010 yilda Babanov yana paydo böldi. U özining çiroyli közlari, şirin sözlari bilan insonni maftun eta oladi.
Yaşirmayman, 2010 yildan boşlab Babanovga turli yöllar bilan yordam berib, muammolardan himoya qilardim. Bugun oçiq aytişim mumkin, Babanov huzurimga firmasining Rossiyadagi sement zavodi oldidagi 15 milliard söm qarzini restrukturizatsiya qilişda yordam sörab kelganida men bu masalani Dmitriy Medvedev bilan gaplaşib hal qildim. Bu borada kerakli hujjatlar ham bor. Men undan «Ömurbek Toktoguloviç, nega savdo markazi qurilişini tugallamayapsan? Axir bu yerda «Instrumetalşçik» stadioni bulardi, nega unda stadionni yöq qilding?» deb söraganimda, u mendan bu masalada ham yordam qilişni söradi va u yerda ham unga 2 milliard söm olişda yordamlaşdim.
Babanov mana şu yilning özi har ikki haftada bir marta uyimda mehmon bölar edi. Oilalarimiz Babanovning şahar yaqinidagi allaqanday xöjaligida yetiştirilgan qulupnay, malina kabi mevalarni birgalikda tanovvul qilişgan edi. Bir yarim oyça oldin kuzata boşladimki, Babanov mening ustimdan mağzava ağdara boşladi. Meni turkçalab doim «abey» deb çaqirgan Babanov, heç kimdan eşitmaganim maqtovlar bilan meni maqtab yurgan Babanov, menga «sizning yölingizni faqat men davom ettiraman», degan Babanov kutilmaganda biz notöğri yöldan yurayotganimiz haqida bayonot bera boşladi.
Bundan taşqari, oçiq aytaman, oldimga xorijiy oligarxlardan biri Babanov nomidan kelib, Ömurbekni qöllab-quvvatlaşga rozi bölişim uçun 20 million dollar taklif qildi. Özi kelib taklif etişga qörqqan-da. Men unga: «Ey, azizim, dunyoda sotilmaydigan narsalar ham bor», dedim. Bundan taşqari, tartibsizliklarga tayyorgarlik körilayotgani va ular qayerdan turib moliyalaştirilayotgani oydinlaşgaç, men Qirğiziston xalqi singari işonuvçan inson ekanligim tufayli doimo aldanişim haqida öylanib qoldim. Xudoga şukrki, Babanovning başarasini öz vaqtida foş qilişga ulgurdim.
Rahmatli Tamir Jumagaliyev va boşqalar u haqida aytgan gaplarni eslay boşladim. Ular Babanovning Aydar Akayevni, Maksim Bakiyevni qanday çuv tuşirganini aytib berişgan, “sizni ham aldaydi”, deyişgan edi. Babanov öz vaqtida kerak bölganida Akayevlar oilasi, xususan Aydar Akayev bilan, zarur bölganda Bakiyevlar bilan, xususan Maksim Bakiyev bilan döstlaşgan edi. Kerak bölganida Atamboyev bilan döstlaşdi, endi Atamboyev mansabdan ketayapti, uni oyoğosti qiliş mumkin, deb öyladi çoği.
Eşitib olinglar: men heç kimga özimni oyoqosti qildirib qöymayman! Özimni oyoğosti qilişlariga yöl qöygan taqdirimda ham, mamlakatimni oyoqosti qildirib qöymayman va oldindan sotmayman! Men Çuy orqali Issiqkölga borayotganimda Çuy vodiysining yarmini 40ta otga ayriboşlaşganini körganman, unaqalar 40 million dollarga undan ham köproq joyni sotişsa kerak? Lekin odamlarning özlari hal qilişlari kerak, kimni istaşsa öşani saylaşsin.
Yaşirmayman, men juda köp aldanaman. Siz mendan söradingiz, ayniqsa meni unçalik yoqtirmaydigan sayt, sizlarga rostini aytdim. Hozir aytgan har bir sözim uçun sudda ham, Xudo oldida ham javob berişga tayyorman. Çunki mening özim şu Babançikni şunça yillar içida himoya qilib kelganman, kuçişlatar organlar 2011 yildayoq menga uning joyi mutlaqo boşqa yerda ekanligini aytişgan, lekin men aldanişi oson bölgan insonman, meni sotganlarni osongina keçira oladigan odamman. Juda köplab insonlar menga xiyonat qilişgan, men esa ularni keçirib yana kötarganman. Natijani köryapsizku, menimça inson keçirimli bölişi kerak baribir. Unaqa yaramaslarni Xudoning özi jazolaydi. Bizning sotqin muxolifatimiz, eski siyosatdonlarimiz eşitib qöysin: men har bir gapimga istalgan sudda javob bera olaman.













