Bişkek sudi Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va uning sobiq maslahatçisi Farid Niyozovni 2020 yil oktyabrda tartibsizliklar uyuştiriş töğrisidagi jinoyat işi böyiça oqladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Farid Niyozov ozodlikka çiqarildi.

Atamboyev tartibsizliklar sodir bölgan vaqtda korrupsiya işi böyiça tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Namoyişçilar uni ozod qilgan va Atamboyev tarafdorlari bilan Bişkekdagi markaziy maydonga çiqqandi. Ertasi kuni sobiq prezident mamlakat milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

16 iyun kuni Atamboyev ikkita - maktab qurilişida lavozimini suiiste’mol qiliş va xorijliklarga noqonuniy ravişda pasport beriş töğrisidagi jinoyat işlari böyiça oqlangandi.