Qirğiziston jazoni ijro etiş xizmati mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga Moskvada davolanişiga ruxsat bermadi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooşev ma’lum qildi.
Bildirilişiça, Atamboyevda Rossiyaga çiqiş uçun huquqiy asos yöq.
«Atamboyevning salomatligi nisbatan qoniqarli, u 27-koloniya tibbiyot qismida davolanmoqda», — deyiladi jazoni ijro etiş xizmati bayonotida.
Almazbek Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgaça Qirğiziston prezidenti lavozimida faoliyat körsatgan. U 2019 yilda prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilingan va korrupsiya işi böyiça hibsga olingan.
Avvalroq Atamboyev 2020 yil oktyabrda tartibsizliklar uyuştiriş töğrisidagi jinoyat işi böyiça oqlangandi.












