Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida özining Özbekistonga amalga oşirgan safari haqida gapirib berdi.

«Özbekistonga safar qilganimdan juda xursandman, - deya yozgan u. - Bu qadimiy tarixga ega bölgan, öz maqsadlarini körayotgan hamda unga asta-sekinlik bilan harakat qilayotgan mamlakat va xalq. Şubhasiz, Özbekiston yuqori rivojlangan va gullab-yaşnaydigan mamlakat böladi».

Qodirovning sözlariga köra, uning yuragida bunday işonç Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv va mamlakat mintaqalariga taşriflaridan söng paydo böldi. Mirziyoyev yaqin va uzoq muddatli istiqboldagi dasturlar haqida gapirdi. Iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat. Ammo ta'lim, ilm-fan, ma'naviy taraqqiyotga alohida e'tibor qaratildi. U hadisşunoslik böyiça dunyodagi eng yaxşi ilmiy-tadqiqot markazini quriş haqida qaror qabul qilganini xabar berdi. 

«Samarqandda menga boşlangan qurilişni körsatişdi. Juda katta hudud, yirik quriliş. Bu yerda hadislar böyiça dunyodagi eng yaxşi mutaxassis işlaydi. Bundan taşqari, qadimiy maqbaralarning qiyofasi, islom institutlari va madrasalar katta hurmatga loyiq. Özbekiston Rossiya bilan döstlik va qalin aloqalarni yuksak qadrlaydi. Bu yerda rus tilini örganiş va undan foydalaniş uçun töliq erkinlik bor, barça unda bemalol gaplaşadi. Hamda Özbekistonning biz bilan döst, hamkor va ittifoqdoş böliş istagini inobatga olgan holda mamlakat bilan munosabatlarimizni qurişimiz kerak!», - deb yozgan Ramzon Qodirov.