Rossiyaning Irkutsk şahrida seşanba kuni olib borilgan qazilma işlari davomida tuproq öpirilişi tufayli ikki işçi halok bölgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda «Interfaks-Sibir» Rossiya Tergov qömitasining mintaqa böyiça Tergov boşqarmasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
«Jinoyat işi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 3-qismi böyiça qözğatildi (ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga olib kelgan quriliş yoki boşqa işlarni olib boriş çoğida xavfsizlik qoidalarining buzilişi)», - deya xabar berdi matbuot xizmati xodimi.
Uning aniqlik kiritişiça, fojia oqibatida ikki erkak kişi halok böldi va bir inson jarohatlandi.
Vaziyat bilan yaxşi taniş manbaning agentlikka xabar qilişiça, dastlabki ma'lumotlarga köra, öpirilişga qazilma işlarini olib boriş qoidalarining qöpol buzilişi sabab bölgan.
«Ular ekskavator bilan xandaqni qazişgan, biroq tuproqni çiqarib taşlaşmagan, bu esa öpirilişga sabab bölgan», - degan manba.
Avvalroq Rossiyaning Irkutskida tört metrdan oşiq çuqurlikda xandaqning qulaşi oqibatida Özbekistonning uç nafar fuqarosi tuproq uyumi tagida qolgani, ulardan bir nafari qutqarilgani xabar berilgandi.












