18:50 / 17.10.2017
86250

Navbatdagi baxtsiz hodisa: Irkutskda O‘zbekiston fuqarolarini tuproq bosib qoldi 

Rossiyaning Irkutskida to‘rt metrdan oshiq chuqurlikda xandaqning qulashi oqibatida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi tuproq uyumi tagida qoldi, ulardan bir nafari qutqarildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti mintaqa tezkor xizmatlaridagi manbaga asosan.

"Zaxarov ko‘chasidagi 14-uy yonida yer ishlarini olib borish chog‘ida uzunligi o‘n metr va chuqurligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan xandaqda tuproq yemirilishi yuz bergan. Uch ishchi – O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi", - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir ishchi qutqarildi, yana ikki nafari tuproq uyumi tagida qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. FH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

 

Top