Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qişloq xöjalik işçilarini yiğim-terim kampaniyasi muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Oqörda matbuot xizmati.
«Hosilni yiğib oliş – nafaqat agrarçilar, balki butun mamlakatimiz uçun ham muhim voqealardan biri. Yiğim-terim kampaniyasining natijalari davlatning oziq-ovqat xavfsizligi hamda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik darajasini aniqlaydi. Sizlarning fidokorona sa'y-harakatlaringiz tufayli Qozoğiston yana bir bor özining yetakçi ğalla davlati maqomini tasdiqladi», - deyiladi davlat rahbari tabrigi maktubida.
Joriy yilda 21 million tonnadan ortiq ğalla yiğib olindi, ularning uçdan ikki qismi yuqori sifatli navlardir va xalqaro standartlarga javob beradi.
«Davlat tomonidan qişloq xöjaligi sohasini tizimli qayta özgartiriş va diversifikatsiya qiliş siyosati olib borilmoqda. Uni yanada rivojlantirişning eng muhim şarti - qayta işlangan mahsulotlarni çiqarişga ötiş. Mamlakatimiz eksport qilinadigan qişloq xöjaligi mahsulotlarining dunyodagi eng yirik işlab çiqaruvçilaridan biri bölişi kerak», - deya ta'kidlab ötdi Nazarboyev.












