Tojikiston Içki işlar vazirligining Söğd viloyati böyiça boşqarmasi matbuot xizmati xodimi Muhsin Yusufovning aytişiça, 17 oktabr kuni keçqurun Bobojon Ğofurov tumanidagi Unji hududida istiqomat qiluvçi er-xotin tadbirkorlarning uyiga noma'lum şaxslar bostirib kirişgan hamda ularni şafqatsizlarça öldirişgan. Qayd etilişiça, oilaviy juftlik Xöjandning «Panjşanbe» bozorida savdo qilişgan.

Ma'lum qilinişiça, qotillar qurbonlari oğizlarini skotç bilan örab taşlab, ularni pullar qayerda saqlanişi böyiça ma'lumot oliş uçun qiynoqqa solişgan. Qotillik paytida qöşni xonada er-xotinning öğli bölgan, biroq jinoyatçilar unga tegişmagan.

Tergov maxfiyligini saqlaş lozimligi tufayli öldirilgan şaxslar ism-familiyasi va qotillikning boşqa tafsilotlari oçiqlanmagan. Şuningdek, jinoyatni amalga oşirişi mumkin bölgan şaxslar röyxati tuzilgani böyiça ma'lumot yöq.

Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlarining ta'kidlaşiça, uşbu qotillik Bobojon Ğofurov tumanida tilla buyumlari bilan savdo qiluvçi oilaning öldirilişiga juda öxşaş tarzda amalga oşirilgan, bu jinoyat bir neça yil muqaddam yuz bergandi. Öşanda jinoyatçilar uy egalari va ularning uç nafar voyaga yetmagan farzandlarini ham ayab ötirişmagan. Ular 30 ming dollarni olib, uyni yoqib yuborişgan. Qotillar bir yil ötibgina uşlangan.

Huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari ma'lumotlariga köra, hozirgi qotillik ham yirik miqdordagi pullarni özlaştiriş maqsadida amalga oşirilgan. Jinoyatni tergov qiliş uçun içki işlar va prokuratura organlari xodimlaridan iborat tezkor-qidiruv guruhi tuzildi.