Joriy yilning 10-17 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon şahrida qöşin razvedkaçilari örtasida bölib ötgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida Özbekiston vakillari ham munosib iştirok etişdi.
Mazkur musobaqada 29 mamlakatdan 139ta jamoa qatnaşdi. Unda mamlakatimiz qöşin razvedkaçilari bilan birga Armaniston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Moldova va Filippin harbiy xizmatçilari ham ilk bor qatnaşdi.
Qariyb 40 yildan beri ötkazib kelinayotgan “Kembriya patruli” tanlovi eng qiyin va nufuzli musobaqalar sirasiga kiradi. Tanlovda harbiy xizmatçilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e'tibor qaratilişi tufayli uni maxsus bölinmalarga qabul qiliş jarayoni bilan qiyoslaşadi.
Kembriya toğlari juda oğir iqlim şaroiti bilan ajralib turadi. Kunduzi quyoş deyarli körinmaydi, har zamon yomğir şiddat bilan yoğadi, hududi botqoqlik va örmondan iborat, ötişga qiyinçilik tuğdiradi. Şu bois tanlovda iştirok etayotgan köplab jamoalar finalga yetib bora olmay, musobaqani tugaşidan oldin tark etişadi.
Unda iştirokçilar qurol-aslahalarni taqib, navigatsiya vositalarisiz Kembriya toğlari böylab yetakçilik qobiliyati, amaliy könikmasi hamda ruhiy va jismoniy quvvatini sinovdan ötkazib, 25 kg yuk bilan 65 km masofaga piyoda marş yuriş, 1000 metrdan yuqori balandliklar va 750 metr pastliklardan ötişni amalga oşirişdi.
Marş yuriş davomida har bir jamoa toğli va suv tösiqlaridan ötiş, hudud razvedkasini olib boriş, şartli duşman joylaşgan hududni aniqlaş va ularni yöq qiliş böyiça öquv-jangovar operatsiyalarni amalga oşiriş, şartli yaradorlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş, noqonuniy kuçlar tomonidan garovga olinganlarni ozod etiş, murakkab toğli hududlarda pistirmalarni taşkil etiş kabi vazifalarni bajardi.
Tanlov yakuniga köra Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşin razvedkaçilaridan iborat jamoa, birinçi bor mazkur musobaqada iştirok etişiga qaramay, Italiya jamoasi bilan birga faxrli ikkinçi örinni qölga kiritdi (tanlov şartiga köra har bir sovrinli örin ikkita jamoaga beriladi).
Şohsupaning eng yuqori poğonasi va uçinçi örin 111ta jamoa bilan iştirok etgan Buyuk Britaniya harbiylariga nasib etdi.
Tanlovning ğolib va sovrindorlari taşkilotçilar tomonidan esdalik medallari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Mudofa vazirligi qöşin razvedkaçilarining bu muvaffaqiyati birinçisi emas. Undan oldin ular joriy yilning 29 iyul – 12 avgust kunlari Novosibirsk şahrida (Rossiya) bölib ötgan III Xalqaro armiya öyinlari dasturidan örin olgan “Qöşin razvedkasi a'loçilari” tanlovida (Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasidan keyin) uçinçi öringa sazovor bölişgan edi.












