Nikon kompaniyasi mikroskop yordamida olingan eng taʼsirçan tasvirlarni saralaydigan tanlovini 52-marta ötkazdi. Ğolib işlar odatda közimiz ilğamaydigan detallar orqali kundalik hayotga boşqaça nazar taşlaş imkonini beradi.

Birinçi örin Germaniyaning Kyoln şahridagi talaba va tajribaçi fotograf Ole Bilfeldtga nasib etdi. U purkagiçli printerning qoğozga siyoh tuşiriş jarayonini mikroskop orqali suratga olgan.

Qoğozga siyoh purkayotgan printerning mikroskop ostidagi tasviri - tanlovda birinçi örin / © Ole Bielfeldt

Bilfeldt buning uçun özi maxsus suratga oliş qurilmasini yasagan. Uning Macrofying nomli loyihasi ham oddiy buyum va jarayonlarni mikrofotografiya orqali kutilmagan tomondan körsatişga bağişlangan.

Fotografning aytişiça, printerda çop etiş şunçalik tez va köp takrorlanadiki, odamlar uning mikroskopik darajada qanday keçişi haqida deyarli öylamaydi. Kamera esa şu odatiy jarayonning közga körinmas detallarini oçib beradi.

Ikkinçi örinni Jon-Oliver Dann egalladi. Uning suratida tanasiga gul çangi yopişgan sakrovçi örgimçak - Salticus scenicus aks etgan.

Tanlovda ikkinçi örinni egallagan surat / © John-Oliver Dunn

Uçinçi örin Kaelin Vulf va Reyçel Flannerining siçqon miyasidagi neyronlar aks etgan işiga berildi.

Tanlovda uçinçi örinni egallagan surat / © Kaelin Wulf / Rachel Flannery

Tanlovda yuqori baholangan boşqa işlar orasida haşarotlar, ösimliklar, hujayralar va hatto elektr razryadi taʼsiridagi qalam grifeli tasvirlari ham bor:

  • Yonğoq uzunburun qönğizi - Curculio nucum. © Přemysl Orlík