Qozoğistonda prokuratura Aktobe şahrida yuz bergan hodisaga izoh berdi. Gap gazli sisternaga maşinada borib urilgan tadbirkor haqida bormoqda, deya xabar qiladi Tengrinews.kz. Uşbu holat böyiça tergov olib borilmoqda.
"Aktobedagi avtogazyoqilği quyiş şoxobçasiga maşinada haydab boriliş holati böyiça içki işlar organlari tomonidan jinoyat kodeksining ikki moddasi böyiça suddan avvalgi suriştiruv ötkazilmoqda. Moddalar öz joniga qasd qilişga olib keliş böyiça javobgarlik va özganing mulkiga atayin zarar keltirişni nazarda tutadi", - deya xabar berişgan Aktyubinsk viloyati prokuraturasidan.
Politsiyadan ma'lum qilişlariça, hodisa ertalabki soat 5:00lar atrofida yuz bergan. Gaz şoxobçasidagi sisternaga Toyota Hilux kelib urilgan. Avtomobil boşqaruvida 39 yoşli tadbirkor bölgan.
"Dastlabki taxminga köra, Aktobeda maşhur bölgan tadbirkor sisternaga atayin kelib urilgan, u portlaş yuz berişi hamda özi halok bölişini xohlagan. Biroq gaz portlamagan. Şunda erkak piçoqni olgan va uni qorniga tiqib, yana öz hayotiga qasd qilmoqçi bölgan", - deya yozadi OAV.
Manba ma'lumotlariga köra, tadbirkor köplab jarohatlar bilan şifoxonaning jarrohlik bölimiga olib ketilgan. Hodisaga nima sabab bölgani hozirça noma'lum.












