Toşkent viloyatida 2020 yil oxirigaça umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bölgan quriliş materiallari sohasida 21 ta investitsiya loyihasi amalga oşiriladi.
Özbekiston hukumati «2018-2020 yillarda Toşkent viloyatida quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş Manzilli dasturini amalga oşiriş, şuningdek, Bekobod şahrida madaniyat va istirohat boğini rekonstruksiya qiliş töğrisida»gi qarorni qabul qildi.
Hukumat 2020 yilgaça Toşkent viloyatida quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça manzilli dasturni tasdiqladi. Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 519 million dollardan oşadi.
Xususan, Rossiyaning «Yevrosement grup» kompaniyasi quvvati yiliga 2,4 mln. tonna bölgan «quruq usul»da sement işlab çiqarişni taşkil etişga 220 mln. dollar sarmoya kiritadi.
Xitoyning Xin Lei kompaniyasi Ohangaron tumanida sement zavodi quradi. Loyihaning qiymati yiliga 108 mln. dollarni taşkil etadi va zavod quvvati yiliga 1 mln. tonna sementga teng böladi.
«Ohangaronşifer» bazasida esa yiliga 1 million tonna sement işlab çiqariş quvvatiga ega yana bir zavod quriladi. Loyihaning qiymati 100 million dollarni taşkil etadi.
Dastur doirasida «Parkent» EIZda turli materiallardan zamonaviy gulqoğozlar işlab çiqariş böyiça quvvatlar taşkil etiladi, uning qiymati 8 million dollarga teng böladi. Zavod quvvati yiliga 3 mln. öramni taşkil qiladi.












