Turkmanistonda benzinni tabiiy gaz sintezi yordamida oliş böyiça eng yirik zavod qurilmoqda, deb xabar beradi «Kazinform» «Turkmaniston bugun» davlat axborot agentligiga asosan.
Buyurtmaçi – «Turkmangaz» Davlat konserni ma'lumotlariga köra, bu noyob yuqori texnologiyali korxona Yaponiyaning «Kawasaki Heavy Industries, Ltd.» kompaniyasi iştirokida qurilmoqda hamda unda jahon amaliyotida birinçi marta tabiiy gaz suyuq yoqilği – benzinga katta hajmlarda «ötkaziladi».
Daniyaning «Haldor Topsoe» kompaniyasi texnologiyasini qöllaşga asoslangan «GTG - Gas to gasoline» loyihasi har yili 1 mlrd. 785 mln. kub metr tabiiy gazni qayta işlaş va 600 ming tonna Euro-5 standartlariga javob beruvçi A-92 markali benzinni çiqariş imkoniyatini beradi.
Korxona uçun jahondagi yetakçi işlab çiqaruvçilardan eng zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Korxonada Hollandiya, Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Şvetsiya kompaniyalarining eng yangi qurilmalari örnatilgan.
Quriliş maydonçasida xorijiy kompaniyalardan bölgan 700 dan ortiq mutaxassislar va mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan 4 700 işçi hamda muhandislar işlamoqda. Ular ulanuvçi quvurlar montaji, muhandislik kommunikatsiyalarini ötkaziş, ma'muriy bino va boşqaruv pulti, tayyor mahsulotni yuklaş hududini quriş, tankerlarni mahsulotlar bilan töldirişga tayyorlaş kabi işlarni bajarişmoqda.












