Nigeriya şimolida joylaşgan Mayduguri şahrida terrorçi-xudkuş amalga oşirgan hujum oqibatida 13 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Yana 5 kişi yaralangan. Ma'lum qilinişiça, terakt sodir etilgan hududda "Boko Harom" terrorçilik guruhi ta'qibidan yaşiringan qoçqinlar lageri joylaşgan bölgan. Bu hujum oxirgi oyda sodir etilgan eng yirik terakt böldi. 

Avvalgi yirik terakt ham Maydugurida avgustda sodir etilgan. Öşanda ayol xudkuş özini bozorda portlatişi oqibatida kamida 27 kişi halok bölgandi.