“TO'XTANIYOZ – OTA” fermer xöjaligi bugungi kunda Özbekistondagi kolbasa işlab çiqaruvçi eng tajribali hamda maşhur korxonalardan biri sanaladi. 1993 yilda kiçik xususiy korxona sifatida iş boşlagan kompaniya ayni damda istalgan ta'bga mos keluvçi 150dan ortiq turdagi kolbasalarning keng assortimentini bozorga çiqaradi.  

Brend asosçisining an'analarini davom ettirgan holda kompaniya Töxtaniyoz nomi bilan atala boşlangan edi. Ayni damda Toşkent viloyatida joylaşgan uşbu zamonaviy işlab çiqariş korxonasi butun Özbekiston böylab mahsulot yetkazib beriş bilan şuğullanadi. 

Işlab çiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarining yuqori sifati va işlab çiqariş şaroitlari nafaqat xaridorlar e'tirofi, balki kompaniya öz faoliyati mobaynida sazovor bölgan mukofot va sertifikatlar orqali ham bilinib turibdi. ISO 9001:2015 sertifikati hozirça qölga kiritilgan sönggi yutuq bölib turibdi. Bu sifat menejmenti xalqaro tizimining kolbasa mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça guvohnomasi sanaladi.

Uşbu sertifikat mehnat jarayonini boşqarişning baholaş mezoni böyiça sönggi talqinni namoyon etadi. Sodda qilib aytadigan bölsak, sertifikat Yevropa me'yorlariga töliq javob berib, kompaniyalarga faqatgina standartning barça tasniflariga mos kelgan taqdirdagina taqdim qilinadi.

U Rossiya va MDH davlatlari hududida umumiy tan olingan bölib, Yevropa me'yorlarining xalqaro talqinlariga asoslanadi.

Foto: To'xtaniyoz-ota

ISO 9001-2015 ham iş jarayonining muntazam modernizatsiyasi va rivojlanişi, xaridorlarning talablariga javob beriş böyiça taşkiliy tizimning, şuningdek, tahliliy monitoring hamda işlab çiqarişning texnologik taraqqiyotining mavjudligini tasdiqlaydi. Hujjat IQNet kompaniyasi va “Russkiy registr” sertifikatlaştiriş Assotsiatsiyasi hamkorligida 3 yilga berilgan bölib, işlab çiqaruvçi tomonidan uning mavqeini doimiy tasdiqlab turadi.

Avvalroq ham “TO'XTANIYOZ – OTA” brendi yuqori darajadagi tanlovlar va mahalliy hamda xorijiy mukofotlarning sohibiga aylangan edi.

Jumladan, 2000 va 2006 yillarda To'xtaniyoz – Ota "Taşabbus" körik-tanlovining sovrindoriga aylangan. 2003 yilda esa Parijda ötkazilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida Oltin medal bilan taqdirlangan. 2004 yilda Nyu-Yorkda (AQŞ) taşkil etilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida platina (oq oltin) medalga sazovor bölgan. Huddi şu yili To'xtaniyoz – Ota "Özbekistondagi eng yaxşi mahsulot" yönalişida sovrinni qölga kiritgan. Ötgan yili esa “TO'XTANIYOZ – OTA” ADWEEK 2016 mukofotining “Iste'mol mahsulotlari” nominatsiyasidagi sovriniga ega bölgan.

Foto: To'xtaniyoz-ota

Şunday qilib, mabodo kompaniyaning Kelesdagi yagona zavodiga borib qolsangiz, “TO'XTANIYOZ – OTA”ning özi işlab çiqarayotgan mahsulotlariga qançalik noziklik va ulkan e'tibor bilan yondaşayotganining guvohiga aylanasiz. Ideal darajadagi tozalik, har bir xodimdagi tartibli uniforma, sinçiklab taşkil etilgan işlab çiqariş jarayoni va qölqop hamda boş kiyimlarni kiygan holda işlaş. Içkariga kirar ekansiz, butun boşli işlab çiqariş jarayoni ipidan ignasigaça mas'uliyat va kompaniya obrösiga monand tarzda tuzib çiqilganiga guvoh bölasiz.

Foto: To'xtaniyoz-ota

“TO'XTANIYOZ – OTA”dagi işlab çiqariş jarayonining öziga xosligi şundaki, umumiy jarayon har bir bosqiçda sinçkovlik bilan nazorat qilinadi. Xususiy göşt fermasining borligi, doimiy veterinariya nazorati, öziga xos retseptlar va ilğor texnologiyalar kompaniya kolbasalarini mazali va foydali bölişini ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida