Vazirlar Mahkamasining «Milliy sertifikat beriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 411-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 sentyabrdan boşlab xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, puştu, urdu, hindiy va uyğur tillari böyiça köp darajali (multi-level) milliy sertifikat test tizimi amaliyotga joriy etiladi.
Şuningdek, 2026-2027 öquv yilidan huquqşunoslik fanini biliş darajasini aniqlaş va milliy sertifikat beriş tizimi yölga qöyiladi. Uşbu fan böyiça test topşiriqlari umumiy örta ta’lim dasturlari, Özbekiston konstitutsiyasi hamda amaldagi qonunçilik hujjatlari asosida şakllantiriladi.
Qarorga köra, milliy sertifikat imtihonlari ötkaziladigan sana va joylar Bilim va malakalarni baholaş agentligining rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oldindan e’lon qilib boriladi.













