Muhokamaga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ta’lim sohasiga oid bir qator hukumat qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan.

Xususan, 2021 yil 19 maydagi «Xorijiy tillarni örganişni ommalaştirişni samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 312-son qarorga yangi norma kiritiş taklif qilinmoqda. Unga köra, talab etiladigan tegişli xorijiy til sertifikatiga ega bölmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi mehnat qonunçiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Şuningdek, loyihada gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya hamda boşqa uzoq muddatli davolanişda bölgan bolalar uçun taşkil etilgan «Mehrli maktab»lar faoliyatiga oid bir qator özgartişlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, muassasaning namunaviy ştatlar jadvalini tasdiqlaş, ayrim lavozimlarni qayta belgilaş, xodimlarning mehnatga haq tölaş tartibiga aniqlik kiritiş taklif etilmoqda.

Bundan taşqari, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining jamğarmasi mablağlarini tölaş tartibi ham qayta körib çiqilib, har oylik ustamalar va bir martalik mukofotlarni tölaş muddatlarini belgilaş, şuningdek, «Mehrli maktab»lar faoliyatini taşkil etişga oid ayrim normalarni takomillaştiriş rejalaştirilgan.

Loyiha jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilingan bölib, qabul qilingan taqdirda mazkur özgartişlar tegişli hukumat qarorlariga tatbiq etiladi.