Hukumatning 2026-yil 20-avgustdagi 451-son qarori bilan «Kasbiy taʼlim taşkilotlari direktorlari va direktor örinbosarlarini menejerlik öquv kurslarida öqitiş va ularga menejerlik sertifikatini beriş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, texnikumlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar va direktor örinbosarlari belgilangan tartibda menejerlik sertifikatini oladi.
Buning uçun direktorlar va ularning örinbosarlari maxsus portal orqali röyxatdan ötib, menejerlik öquv kursida qatnaşiş uçun elektron ariza topşiradi.
Öquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovçilar yakuniy sinovdan ötadi. Sinovda ijobiy natija qayd etgan tinglovçiga natijalar eʼlon qilingan kundan boşlab bir hafta içida öquv taşkiloti rahbarining buyruği asosida davlat namunasidagi menejerlik sertifikati beriladi.
Sertifikat elektron şaklda rasmiylaştiriladi. U elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va unga QR-kod joylaştiriladi.
Şu bilan birga, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bölgan direktorlar va direktor örinbosarlari uçun alohida tartib belgilangan. Ularga menejerlik sertifikati öz arizasi asosida töğridan töğri 3 yil muddatga beriladi.
Yangi tartib kasbiy taʼlim taşkilotlarida rahbarlik qilayotgan kadrlarning boşqaruv könikmalarini tizimli ravişda rivojlantiriş va ularning menejerlik malakasini sertifikatlaşni nazarda tutadi.












