Antiviruslar yaratişga ixtisoslaşgan "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasi axborot oçiqligi böyiça global taşabbusni yölga qöydi. Uning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarni kompaniya mahsulotlari, içki jarayonlari va biznes-operatsiyalari butunligi va işonçliligini tekşirişga jalb qilişdan iborat.
Bu taşabbus doirasida kompaniya mustaqil ekspertlarga öz dasturlarining boşlanğiç kodini tahlil uçun taqdim qilmoqçi. Bu 2018 yil 1-çoragigaça yuz beradi. Kompaniya şu tariqa "birinçi navbatda foydalanuvçilarni kibertahdidlardan himoyalaşga qaratilgan öz faoliyatining oydinligini tasdiqlaşga" umid qilmoqda.
Bundan taşqari, kompaniya ekspertlar bilan ma'lumotlarni qayta işlaş jarayonini nazorat qiliş böyiça qöşimça mexanizmlarni işlab çiqiş, kiberxavfsizlik sohasida istalgan savollarni mijozlar, hamkorlar va davlat idoralari bilan hal qiliş maqsadida butun dunyo böylab uçta oçiq-oydinlik markazini oçmoqçi va boşqa çoralar körmoqçi. Birinçi markazni 2018 yilda oçiş rejalaştirilmoqda. 2020 yilda bunday markazlar Osiyo, Yevropa va AQŞda paydo bölişi kerak.
Iyunda AQŞ senatining qurolli kuçlar böyiça qömitasi mudofaa vazirligiga "Laboratorii Kasperskogo" dasturiy ta'minotidan foydalanişni qonunan taqiqlaşni taklif qilgandi. Bunga sabab sifatida kompaniya va Kreml örtasida aloqa mavjudligi rökaç qilingan. AQŞ içki xavfsizlik vazirligi 13 dekabrgaça barça davlat idoralariga uşbu kompaniya dasturlaridan foydalanişdan voz keçişni va ular örniga boşqa dasturlardan foydalanişni majburiy qilib qöydi.






