Rossiya maxsus xizmatlari heç qaçon “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasidan Ğarbda odamlar ortidan kuzatuv olib borişda yordam berişni söraşmagan. Bu haqda kompaniya rahbari Yevgeniy Kasperskiy ma'lum qildi. 

“Ular bizdan heç qaçon odamlar ortidan ayğoqçilik qilişni söraşmagan. Heç qaçon”, deb ta'kidlab ötgan Kasperskiy. Uning aytişiça, bunday iltimos kompaniyaning işlaş geografiyasini tubdan özgartirib yuborgan bölardi. “Agar Rossiya hukumati menga murojaat qilib, mendan yoki xodimlarimdan nimadir yomon narsa haqida iltimos qilsa, unda men butun kompaniyamni Rossiyadan olib çiqib ketgan bölardim”, – deb aytmoqda Kasperskiy.

AQŞ içki xavfsizlik vazirligi sentabrda AQŞ davlat muassasalarini “Laboratoriya Kasperskogo” işlab çiqqan antivirus dasturlaridan voz keçişga çaqirgandi. Vazirlik bu talabning bajarilişi uçun 3 oy muhlat bergan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu holatga izoh berib, AQŞ hukumatining bu qarorini siyosiylaşgan deb atagandi. Rossiya hukumati AQŞning bu qarorini raqobatçilikning nopok usulining namoyon bölişi deb ta'riflagan. Kompaniyaning özi esa bir neça marotaba kiberjosuslikka aloqasi yöqligini aytgan.