"Laboratoriya Kasperskogo" kompyuter hodisalarini tergov qiliş bölimi boşliği Ruslan Stoyanov davlatga xiyonat qiliş işi doirasida hibsga olindi, deb yozmoqda "Kommersant'" naşri. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) yaqin bölgan manbaning ma'lumotlariga köra, u 2016 yil dekabrdan "Lefortovo" tergov izolyatorida uşlab turilibdi. Ma'lum qilinişiça, bu iş böyiça FXXning axborot xavfsizligi markazi bölinmalaridan birining rahbari Sergey Mixaylov ham hibsga olingan.

FXXning yuqoridagi bölimlari bilan kiberhujumlar böyiça ekspertizalar ötkazişda hamkorlik qilgan xususiy kompaniyalar faoliyati tekşirilmoqda. 

Naşr manbalarining ma'lum qilişiça, tergov davlatga xiyonatga gumon bilan ötkazilmoqda. Tergov davomida axborot xavfsizligi markazi xodimi xorijiy taşkilotdan pul olgani, vositaçi bölib esa "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasi xodimi çiqqani haqidagi ma'lumot tekşirilmoqda.  

Ta'kidlanişiça, 2006 yilgaça Stoyanov Moskva içki işlar boşqarmasida maxsus texnik tadbirlar boşqarmasida işlagan. Rossiya kompaniyasiga u 2013 yilda ötgan.