Niderlandiyalik maşhur rassom Vinsent Van Gogning "Şudgorlangan dala va şudgorçi" nomli surati Nyu-Yorkdagi savdolarda 50 mln dollardan köproq boşlanğiç narx bilan sotuvga qöyiladi. Bu haqda savdolarni uyuştirayotgan Christie's auksion uyida ma'lum qilindi.
Rassomning uşbu surati 13 noyabrda Nensi Li va Perri Bassning kolleksiyasidagi impressionistlar va zamonaviy san'at asarlari savdosidagi boş lot böladi. Savdolarga 36 ta surat qöyiladi, ularning umumiy narxi 120 mln dollardan oşadi.
Van Gog auksionga qöyiladigan suratini 1889 yilning avgust-sentabr oylarida yaratgan.
Şuningdek, auksionga Anri Matissning 1921 yildagi "Nitstsadagi regata" surati ham qöyiladi. U 12-18 mln dollarga baholanmoqda. Şuningdek, rassom Xuan Mironing 1933 yilda çizgan surati 18 mln dollar, Mark Şagalning suratlari 4-6 mln dollarlik narx bilan taklif etiladi.












