Bundan 25 yil avval 11-sentabrda terror hujumiga uçragan Jahon savdo markazi örnida bugun yodgorlik, uning yonida esa halok bölganlar uçun xotira obyekti – stansiya qurilgan. Bu stansiya dunyodagi eng qimmatlaridan bölib, 4 mlrd dollar sarflangan. Xöş nega qiyin va qimmat iş bölişiga qaramay Nyu-York hokimiyati byudjetdan şunça pul ajratişga rozi bölgandi? Kun.uz ning AQŞdagi muxbiri öşa maşxur stansiyadan reportaj tayyorladi.

Terror sabab yer bilan yakson bölgan Jahon savdo markazi örnida AQŞ va dunyodagi eng qimmat temiryöl stansiyasi ham joylaşgan. Körinişidan oppoq quşni eslatuvçi bu obyekt aynan 11-sentabr voqealariga bağişlab, bunyod etilgan.

Qurilişiga qariyb 4 mlrd dollar sarflangan bu stansiya ispaniyalik meʼmor Santiago Kalatravaning asari. U binoni oq quşga öxşatib, loyihalaydi. Sababi - bu yerda halok bölganlar oq quş kabi osmonga kötarilganini ifodalamoqçi böladi.

Bu stansiyani qurişga ketgan pulga masalan, hozirgi hisob-kitob bilan kamida butun metro liniyasi, 10 ta xalqaro aeroport, 100 ta zamonaviy şifoxonalar, 250 ta maktab quriş mumkin.

Şunga qaramay, Nyu-York hokimiyati bu mablağni aynan xotira inşooti bölgani sabab berişga qaror qiladi.

Har yili 11-sentabr kuni ertalab quyoş nurlari maxsus hisob-kitob asosida bino içiga tuşadi. Yoruğlik oqimi 8:46 da - birinçi samolyot egizak minoraga urilgan vaqtda boşlanadi va 10:28 gaça - ikkinçi minora qulagan paytgaça bino içida harakatlanadi.

Şunday qilib, bu bino har yili bir kun davomida yodgorlikka aylanadi. Bu yerga kelgan odamlar vaqtni soat orqali emas, quyoş nuri orqali his qiladi.

Qurilişning özi ham rekordlarga boy.

Oculus uçun 11 ming 500 tonnaga yaqin maxsus pölat işlatilgan. Bino içidagi eng baland nuqta 49 metrga yetadi. Oq rangli marmarning katta qismi Italiyadan olib kelingan.

Bugungi kunda bu yer faqat transport markazi emas. U 12 ta metro yönalişi va Nyu-Jersiga qatnovçi PATH poyezdlarini boğlaydi. Har kuni 200 mingga yaqin odam şu hududdan ötadi. Savdo markazlari, restoranlar va jamoat maydonlari bilan Oculus Nyu-Yorkning eng gavjum maskanlaridan biriga aylangan.

Bir paytlar vayronalar bilan qoplangan hudud bugun millionlab odamlar keladigan joyga aylangan.